Barcha yangiliklar RSS

O‘zbekiston yangiliklari

Tatariston O‘zbekistonda qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytiradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv o‘zining amaliy natijalarini berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish, O‘zbekiston hududida qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

24-10-2024, 10:34
Ko'rishlar: 35
Sahifani chop etish