Fuqаrolarning murojаatlari to‘g‘risidagi qonun Rahbariyat qabul kunlari Elektron shaklda murojaat yo'llash Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг виртуал қабулхонаси фуқароларнинг Ўзбекистон Республикаси Президентига мурожаат қилишга бў
- Fuqаrolarning murojаatlari to‘g‘risidagi qonun
- Rahbariyat qabul kunlari
- Elektron shaklda murojaat yo'llash
- Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг виртуал қабулхонаси фуқароларнинг Ўзбекистон Республикаси Президентига мурожаат қилишга бўлган конституцион ҳуқуқини сўзсиз амалга оширилишига кўмаклашади. Сиз ушбу ахборот тизими ёрдамида ўз ариза, таклиф ёки шикоятингизни Ўзбекистон Республикаси Президентига юборишингиз мумкин.
Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma shakldagi murojaatlari bir xil ahamiyatga ega
· Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ifodalangan bo‘lishi mumkin
· Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoxud shikoyat ko‘rinishida kiritiladi.
· Arizalar —fuqarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.
· Takliflar — fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar bayon etilgan murojaatlaridir.
· Shikoyatlar — fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir.
· O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
· Fuqarolarning murojaat ztish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur etkazmasligi kerak
· Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
· Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
· Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko‘rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi.
· Fuqarolarning murojaat etish huquqi ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Hech kim biron bir murojaatni himoya etishga yoki unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
· Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.